Turkiyalik taniqli shaxslar har doim muxlislarining diqqat markazida. Tomoshabinlar azaldan nafaqat ekrandagi personajlar, balki rol ijrochilarining hayotiga ham qiziqib kelgan. Suratga olish jarayonidagi tez-tez uchrab turadigan janjallar haqida juda tez shov-shuv ko‘tarilsa-da, lekin ba’zi aktyorlarning haqiqiy do‘stligi haqida ko‘pchilik bilmaydi. Teleseriallarni suratga olishdan tashqari, do‘stlik uchun vaqt topa oladigan turk yulduzlari haqida ma’lumot beramiz.

Gulenay Kalkan va Maryam Uzerli

Foto: “Yandeks Dzen”

Gulenay Kalkan “Ona” melodramasidagi roli, Maryam esa necha yillar o‘tsa ham, tomoshabinlar uchun betakror Xurram sulton roli bilan yaxshi tanilgan. Maryam va Gulenay o‘rtasidagi do‘stlik 2015-yilda “Mafiya dunyoni boshqara olmaydi” serialini suratga olish jarayonida boshlangan. Qizig‘i shundaki, Gulenay ushbu serialda suratga tushmagan, ammo uning turmush o‘rtog‘i Tarik Unluo‘g‘lu asosiy rollardan birini o‘ynagan. Maryam va Gulenayning umumiy jihatlari bor — xayriya. Aktrisalar bir nechta fondlarga doimiy ravishda yordam berishadi.

Berguzar Korel va Beyza Shekerji

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisalar Berguzar va Beyza ancha vaqtdan beri do‘st. Ular 10 yil oldin “Tugallanmagan qo‘shiq” teleserialini suratga olish vaqtida tanishgan. Berguzar va Beyza ko‘pincha birgalikda dam olishadi va ijtimoiy tarmoqlarda ham birgalikdagi fotosuratlarini baham ko‘rishadi.

Engin O‘zturk va Aras Bulut Iynemli

Foto: “Yandeks Dzen”

Engin O‘zturk va Aras Bulut Iynemli hozirda turk seriallarining yulduzlari hisoblanadi. “Muhtasham yuz yil” filmini suratga olish paytida ular o‘zlarining ijod yo‘llarini endi boshlashgan edi. Tarixiy drama sahnasida boshlangan do‘stlik bir necha yil o‘tsa ham, o‘z qadrini yo‘qotmagan. Ular muxlislarini birgalikdagi suratlari bilan xursand qilishadi, hatto bitta serialda rol ijro etishni ham rejalashtirishmoqda.

Xande Erchel va Burju O‘zberk

Foto: “Yandeks Dzen”

Xande va Burju “Gunesh qizlari” teleserialida opa-singillar rolini ijro etishgan. Shu tariqa ularning mustahkam do‘stligi boshlangan. Aktrisalar hattoki bir-biriga yaqin joydan uy ham sotib olishgan. Ular birgalikda dam olishadi va ijtimoiy tadbirlarda qatnashadi. Qizlar raqobatlashmaydi, balki bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydi.