O‘zining himoyachisiga ko‘ngil qo‘ygan yulduzlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Greys Jons va Dolf Lundgren

Foto: Cosmopolitan

1983-yilda mashhur xonanda va hali tanilib ulgurmagan Gans o‘rtasida sevgi uchquni alanga olgan. Lundgren faoliyat yuritadigan tungi klubga konsert bergan qo‘shiqchi yigitga shaxsiy qo‘riqchisi bo‘lishni taklif qilgan. Shundan keyin boshlangan munosabatlar Dolfning kino sohasidagi karyerasi boshlangach yakuniga yetgan. Qo‘riqchisining mashhurlikka erishgani Greys uchun kutilmagan holat bo‘lgan.

Malika Diana va Barri Mannaki

Foto: Cosmopolitan

Shahzoda Charlz bilan turmushidan baxtsiz bo‘lgan Diana qo‘riqchi Barri Mannakiga ilakishib qolgan. Tabiiyki, bu qirollik oilasi vakillari uchun yoqimsiz holat bo‘lgan. OAVda ularning munosabatlari haqida ma’lumot tarqaganidan keyin Mannaki iste’foga chiqarilgan. 1987-yilda Barrining avtohalokatda vafot etgani Diana uchun katta zarba bo‘lgan. Kann kinofestivaliga ketish chog‘ida bu haqida xabar topgan malika qizil yo‘lakda sir bor bermay ko‘rinish berishiga to‘g‘ri kelgan. Psixolog Piter Setellen tomonidan olingan qaydlarda Diana hamma narsani tashlab, shunchaki Mannaki bilan birga hayot kechirishni istagani haqida ta’kidlagan.

Malika Stefaniya va Daniyel Dyukre

Foto: Cosmopolitan

Greys Kelli va Monako knyazi Renye III qizi Stefaniya knyaginya bo‘la turib ham ommadan farzandining otasi ismini yashirmaslik mumkinligini isbotlagan. Qo‘riqchisi Daniyelga turmushga chiqqan malika ikki nafar farzandni dunyoga keltirgan. Ammo ularning turmushi uzoqqa bormagan, to‘ydan bir yil o‘tib Dyukrening boshqa bir ayol bilan tarqalgan suratlari munosabatlarga nuqta qo‘yishga sabab bo‘lgan.

Madonna va Jeyms Olbrayt

Foto: Cosmopolitan

1992-yilda qo‘riqchisi bilan sevishib yurgan Madonna oradan ikki yil o‘tib, hammasiga yakun yasagan. Xonandani sudga berib undan 1 million dollar talab qilgan Olbrayt maqsadiga erisha olmagan.

Sheron Stoun va Joel Svaygart

Foto: Cosmopolitan

Sheron va uning qo‘riqchisi o‘rtasidagi munosabatlar “Qotillar o‘yini” filmining suratga olinish jarayonida avj olgan. Bu vaqtda Svaygart uylangan va farzandlari bo‘lgan. Munosabatlari haqidagi ma’lumot OAVda tarqalganidan keyin, ularning har ikkisi o‘z yo‘lidan ketishga qaror qilgan. Sheron Joeldan oilasiga qaytishni so‘ragan va shundan keyin Svaygart Gollivudda boshqa ko‘rinish bermagan.

Anasteysha va Ueyn Nyuton

Foto: Cosmopolitan

Boshiga kulfat tushgan xonanda hayotini saqlab qolganidan keyin Anasteysha va Ueyn o‘rtasida sevgi uchqunlari paydo bo‘lgan. Xonanda 2003-yilda saraton tashxisi qo‘yilganidan so‘ng hamisha yonida bo‘lgan qo‘riqchini boshqa u bilan o‘zini baxtli his qilmagani uchungina tark etishga qaror qilgan.

Xaydi Klum va Martin Kristen 

Foto: Cosmopolitan

Silga turmushga chiqqan Xaydi qo‘riqchisi Martin sabab ajrashishga qaror qilgan. Kristen yulduzning farzandlarini o‘zinikidek yaxshi ko‘rib, tarbiya bergan. Ammo modelning oila qolib, ishga o‘zini bag‘ishlagani uch yildan keyin hammasiga yakun yasashga sabab bo‘lgan.