Karib dengizining Sent-Vinsent orolida 2020-yilning dekabr oyida uyg‘ongan eng qadimgi vulqonlardan biri bo‘lgan Sufriyer vulqoni shu haftada faol harakatga keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: Twitter

Ta’kidlanishicha, o‘tgan kunlar davomida vulqondan otilgan kullar olti kilometrgacha yetayotgan edi, lekin 8-aprel kuni tunda vulqonning lavasi ko‘rina boshladi.

Vest-India universiteti seysmologlarining so‘zlariga ko‘ra, vulqonning “kuchli portlashi” sodir bo‘lmoqda.

Shu sababli, mamlakt bosh vaziri Ralf Gonsalves xavfli hududda yashayotgan 16 mingdan ortiq aholini evakuatsiyaga chaqirdi. Odamlar kruiz kemalariga, shuningdek, orolning xavfsiz qismlariga jo‘natilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Islandiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Reykyanes yarimorolida 19-mart kuni olti ming yil uxlagan Fagradalsfyadl vulqoni otilgan edi. Vulqon mamlakat poytaxti Reykyavikdan taxminan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Shuningdek, Sumatra orolida Sinabung vulqoni harakatga kelgani, Sitsiliyada Etna vulqoni, Indoneziyada Levotolo vulqoni uyg‘ongani haqida xabar berilgandi.