Dunyoning turli nuqtalarida 12-aprel kuni olingan suratlarni taqdim etamiz.

Toshkentdagi Ilon ota nomi bilan tanilgan “Ubay ibn Ka’b” masjidida tarovih namozi o‘qiyotgan musulmonlar. 12-apreldan boshlab masjidlarda tarovih namozlari o‘qilishi boshlandi. Shu munosabat bilan har Ramazon oqshomida soat 18:00 dan 23:00 gacha masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Jumladan, “Ubay ibn Ka’b” masjidi joylashgan Al-Xorazmiy ko‘chasining Katta Qa’ni ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha bo‘lgan qismi ham.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Donetsk viloyatidagi jangovar pozitsiyalarda kuchukchalar bilan o‘ynayotgan Ukraina Qurolli Kuchlari tarkibidagi Vladimir ismli askar. Qo‘shin rotatsiya bo‘lganda kuchukchalar askarlar tomonidan uyga olib ketiladi.

Foto: Reuters

Ispaniyada Fresh Air aksiyasi doirasida maktab o‘quvchilari plyajda dars o‘tmoqda.

Foto: Reuters

Sankt-Peterburgda Yuriy Gagarin kosmosga uchganiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan lazerli shou o‘tkazildi.

Foto: “TASS”

Quddusda Muqaddas Ramazon oyi kirishini nishonlayotgan qizlar. Aksariyat musulmon davlatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham Ramazon oyi 13-apreldan boshlanadi.

Foto: Getty Images

Tojikistonda Ichki ishlar vazirligida faoliyat yuritadigan xotin-qizlar uchun bayram va kundalik formalari taqdim qilindi. Yangi ko‘rinishdagi kiyimlar atlas va adrasdan tikilgan. Ushbu yangi formalarni Emomali Rahmon tasdiqlasa, ularni seriyali ishlab chiqarish boshlanadi.

Foto: Asia-Plus

Turkiyada 12-apreldan 12-maygacha komendantlik soati joriy etildi. Kafe va restoranlarga mijozlar faqat taomni o‘zi bilan olib ketish uchun kelishi mumkin. Suratda Istanbuldagi ko‘prik ostida o‘tirgan uysiz erkak.

Foto: Getty Images

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda vaksinatsiya jarayoni.

Foto: Reuters

Parkent tumani adirlariga oilasi bilan dam olishga chiqqan 2,5 yoshli Abdulloh varrak uchirish yoki to‘p o‘ynashdan ko‘ra telefon o‘ynashni ma’qul ko‘rmoqda.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Londondagi Bukingem saroyi oldida rassom Kaya Mar 9-aprel kuni vafot etgan Edinburg gersogi Filipp tasvirlangan portretni ushlab turibdi.

Foto: PA

Toshkent viloyatining Yusufxona posyolkasidan ko‘rinib turgan tog‘lar. Yusufxona hududidan o‘tgan Chimyonsoyning ayrim joylarida hozirda suv qurib qolgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Buyuk Britaniyada koronavirus cheklovlarining yumashitilishi fonida Liverpulda pandemiya sabab yopilgan barning qayta ochilishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan xodim.

Foto: AP Photo

Toshkent shahridagi Novza masjidining avtoturargohi Ramazoy oyi arafasida asfalt qilindi. Tarovih namozida masjid ichiga sig‘may qolgan namozxonlar avtoturargohda namoz o‘qishi mumkin.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Xitoyning Dunhuan provinsiyasida tuyalar va ularning yo‘lboshlovchilari uchun o‘rnatilgan svetofor. Asosiy qismi cho‘ldan iborat ushbu hududda aholi tuyalardan transport sifatida keng foydalanadi.

Foto: Getty Images

Floridada COVID-19 pandemiyasiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishida ishtirok etayotgan raqqoslar.

Foto: Shutterstock

Falastinlik yigit o‘zi yasagan uchqun tarqatuvchi vositani aylantirib, Ramazon oyi kirib kelishini nishonlamoqda.

Foto: Shutterstock

Sankt-Peterburgda “Nevskaya Manufaktura” biznes markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in maydoni 10 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki o‘t o‘chiruvchi jarohat oldi, yana biri vafot etdi. Yonayotgan binodan 40 kishi evakuatsiya qilindi.

Foto: EPA

Keniyaning Baringo ko‘lidagi orolda toshqin natijasida qolib ketgan Rotshild jirafasi evakuatsiya qilinmoqda.

Foto: AP Photo

Toshkentda Yuriy Gagarin yodgorligi oldida insoniyatning koinotga ilk parvoziga 60 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Fransiyaning Lyuno-Papin uzumzorida hosilning sovuq urishiga qarshi olov yoqqan kishi bog‘ bo‘ylab yuribdi.

Foto: Getty Images

Sidney qirg‘oqlariga urilayotgan kuchli to‘lqinlar.

Foto: AP Photo

Ramazon oyi oldidan bolalar Suriyaning Idlib shahri yaqinidagi al-Imon qochqinlar lagerida tunchiroqlarni ushlab turibdi.

Foto: Getty Images

Fransiyaning millatchi partiyasi “Les Patriotes” (Vatanparvarlar) tarafdorlari Parij shahrida koronavirus avj olayotgan paytda hukumatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatiga qarshi norozilik bildirmoqda.

Foto: Reuters

Qorga burkangan Germaniyaning Baden-Vyurtemberg shahri yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi.

Foto: Getty Images