Har bir mamlakatning o‘ziga xos milliy taomlari mavjud. Shuningdek, ular ko‘pincha har bir davlatning mahalliy aholisigagina ma’lum. Bu kabi taom retseptlari necha yillardan buyon avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.
Janubiy Afrika “malva” pudingi. Taom go‘yoki og‘ir damlarda doim yordam beruvchi mehribon onaning quchog‘iga o‘xshaydi.
Foto: AdMe
Germaniyaning “kezeshpetsle” taomi. Ushbu taom chindan ham mazali. Tuxum va pishloqli lapsha hamda qovurilgan piyoz taomga ajoyib ta’m bag‘ishlaydi.
Foto: AdMe
Indoneziyaning “tempe” taomi. Ushbu tofu boshqacha pishiriladi. Taomning ikki xili mavjud, shirin va qovurilgan ta’mligi.
Foto: AdMe
Shri-Lanka – “kiribat”. Kokos sutida pishirilgan guruch, chili va ziravorlar.
Foto: AdMe
Braziliya – “bayau de dois”. Guruch, loviya ba’zan go‘sht aralashmasi.
Foto: AdMe
Irlandiyaning kartoshkali noni. Sariyog‘ yoki asal bilan iste’mol qilish mumkin.
Foto: AdMe
Turkiyaning Iskandar kabobi. Lavash, go‘sht va sous uyg‘unligidagi xushta’m taom.
Foto: AdMe
Shotlandiyaning makaronli pirogi. Shotlandiyalik va u yerga tashrif buyurganlarning sevimli yeguligi.
Foto: AdMe
Vyetnam – “txit xo tau”. Ushbu taomni Vyetnamning har qanday oshxonasidan topib bo‘lmaydi.
Foto: AdMe
Slovakiyaning makli yeguligi. Ular xuddi chuchvaraga o‘xshaydi, ammo mazasi shirin.
Foto: AdMe
Eron – “morasa polo”. Asosiy masalliqlar: tovuq, guruch, za’faron, pista, bodom va mayiz.
Foto: AdMe
Tailand – mangoli guruch. Yangi mango mevasi, kokos siropi hamda mazali guruch uyg‘unligi.
Foto: AdMe
Fransiya – “kroze”. Ushbu to‘rtburchak shakldagi makaronli taom mamlakat tashqarisida unchalik ham mashhur emas.
Foto: AdMe
Isroil – “bissli”. Tashqi ko‘rinishidan kuchuklarning taomiga o‘xshaydi. Ammo qovurilgan makaronlar juda mazali.
Foto: AdMe
Kanada muzqaymog‘i. Banan va uzum ta’mli shirinlik. Muzqaymoqning yana boshqa rangdagilari ham mavjud.
Foto: AdMe
Portugaliya – “baba de kamelo”. Ustiga bodom sepilgan karamelli mussni, albatta, tatib ko‘rish tavsiya etiladi.
Foto: AdMe
Puerto-Riko – “pionono”. Ichi go‘sht bilan to‘ldirilgan pishirilgan banan.
Foto: AdMe
Niderlandiya – “gyutspot”. Tarkibida kartoshka, sabzi va piyoz pyuresi bo‘lgan mashhur mahalliy taom”.
Foto: AdMe
Shvetsiya – “isterband”. Guruch, kolbasa va boshqa vitaminga boy mahsulotlardan tayyorlanadi.
Foto: AdMe
Fiji – “kokoda”. Limon yoki laym sharbatida pishirilgan baliq, piyoz, chili, pomidor va kokos yong‘og‘i.
Foto: AdMe
Shveysariya – “ryoshti”. Kartoshkani yoqtirmaydiganlar ham ushbu taomni yaxshi ko‘rib yeyishi aniq.
Foto: AdMe
Ruminiya – “sarmale”. Go‘sht va karam taomga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi.
Foto: AdMe
Norvegiya – “pinnekyott”. Ushbu taomni tayyorlash uchun bir kundan ko‘proq vaqt sarflash kerak. Ammo mazasi ham shunga yarasha.
Foto: AdMe
Mavzuga doir:
- Yapon taomlari san’atning alohida turi ekanligini isbotlovchi suratlar
- Sayohatga chiqqanda mahalliy oshxona bilan yaqindan tanishish uchun albatta tatib ko‘rish kerak bo‘lgan taomlar (foto)
- Kesishga qo‘l bormaydi: san’at asari darajasida tayyorlangan tortlar (foto)
- “Yeyayotganingizda u qimirlaydi”: Dunyo mamlakatlaridagi eng antiqa yeguliklar (foto)