Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Davron Kabulov qizlari bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova tug‘ilgan kunidagi suratini muxlislari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 14-aprel kuni tug‘ilgan kunini nishonladi. Taniqli aktrisani ushbu sana bilan qutlash uchun O‘zbekiston xalq artisti G‘iyos Boytoyev uning xonadoniga tashrif buyurdi. Xonanda aktrisaga sovg‘a sifatida dollar qistirmoqchi bo‘ldi, aktrisa esa pulni olmadi.

Afruzaga ulkan guldasta sovg‘a qilishdi.

Foto: Instagram

Fahriye Evjen sahifasiga yangi surat joyladi.

Foto: Instagram

Shohruxxon, Asal Shodiyeva, Muhammad Ali, Shuhrat Yo‘ldoshev va ularning rafiqalari onalari, rejissor Zebo Navro‘zovani tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Muhammad Ali sovg‘a sifatida onasiga bag‘ishlab qo‘shiq kuylabdi, farzandlari rejissorga iPhone 12 ham sovg‘a qildi.

Bobur Yo‘ldoshev yangi filmda suratga tushmoqda.

Foto: Instagram

Lola turmush o‘rtog‘i va qizalog‘ining suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

15-aprel kuni aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova ham tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Unga shogirdlari tomonidan ajoyib syurpriz tayyorlandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Zarina Nizomiddinovaga ikki tomchi suvdek o‘xshash qizning videosi tarqaldi.

Dildora Niyozova “Ramazon muborak” deb nomlangan qo‘shig‘ini taqdim etdi.