O‘zbekiston va dunyoning turli burchaklarida 16-aprel kuni olingan suratlarni namoyish qilamiz.

Ichki ishlar organlari xodimlari “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevni avtomobilda Qarshi shahar 1-sonli IIBga olib ketayotgan paytda Otabek Qo‘ldoshev tomonidan olingan surat. “Daryo” muxbiri Qarshi shahridagi “Ko‘k gumbaz” masjididan Ramazon oyining birinchi juma namozi haqida reportaj tayyorlayotganida IIB xodimi unga qo‘pollik qilib, boshqa xodimlarga muxbirni avtomobilga solib, olib ketishni buyurgan. IIV hodisaga kasb etikasini buzgan ichki ishlar organi xodimining harakatlari o‘rganib chiqilib, huquqiy baho berilishi haqida bayonot berdi.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Parijda Napoleon vafotining 200 yilligi munosabati bilan imperator qabri restavratsiya qilinmoqda.

Foto: EPA

Laosda an’anaviy libosdagi qizcha buddistlarning Songkran deb nomlangan Yangi yil festivali paytida ibodatxona oldida suratga tushmoqda.

Foto: Rex

Shotlandiya birinchi (bosh) vaziri Nikola Sterjen saylovoldi tashviqoti paytida Thornliebank Dental Care klinikasiga tashrifi davomida o‘yinchoq dinozavrlarning tishlarini tekshirmoqda.

Foto: AFP

Farg‘ona shahridagi “Ahmadjon qori” jome masjidi yonida turgan ehson qutisi va tarovih namozi o‘qish uchun kelganlarning velosipedlari.

Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

Germaniyaning Litzen shahridagi harbiy qabristonda Ikkinchi jahon urushi tugashidan sal oldin vafot etgan 120 nemis askarining qoldiqlarini dafn etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: “TASS”

Yangi ta’mirlangan plyajdagi uychalar 2021-yil oxirida Angliyaning Kent grafligidagi Folkston shahrida bo‘lib o‘tadigan Folkestone Triennial san’at festivalining bir qismi bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Samarqand shahridagi Registon maydonida kun botishi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Nayrobidagi uyida mashq qilayotgan keniyalik bokschi va advokat Shadrak Vambui. U yosh bokschilarni o‘qitadi va Matare tumanidagi mahallalarda bepul yuridik maslahat beradi.

Foto: EPA

Golland Ost-Indiya savdo kompaniyasiga tegishli kemaning nusxasi Amsterdamdagi muzeyga qaytmoqda. Kompaniya 1798-yilda bankrotlikka uchrab, tugatilgan.

Foto: EPA

Toshkent markazida, Mustaqillik shohko‘chasi bo‘yidagi maysazorda asr namozini o‘qiyotgan yigit.

Foto: “Daryo” / Muhrim A’zamxo‘jayev

Londondagi Ickenham Postbox Toppers tomonidan to‘qilgan sahna. Unda qirolicha Yelizaveta II va uning marhum eri shahzoda Filipp tasvirlangan. Marhum shahzodaning dafn marosimi 17-fevral, shanba kuni o‘tkaziladi.

Foto: The Guardian

Saudiya Arabistonining Toif shahrida har bahorda gullaydigan, gul suvi va moyini ishlab chiqarishda ishlatiladigan yangi yig‘ilgan Damashq atirguli barglari orasida o‘tirgan ishchi.

Foto: AFP

Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi “So‘fiqishloq” jome masjidida tarovih namozi o‘qishga kelgan musulmonlar.

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Barselona shahrida o‘tkazilayotgan BCN kinofestivalida qatnashayotgan mashhur Gollivud aktyori Jonni Depp.

Foto: AFP

Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialida davolanayotgan O‘zbekiston Qahramoni, Oliy Majlis Senati a’zosi Hasan Normurodovni borib ko‘rdi. 82 yoshli Hasan Normurodov hozirgi kunda Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. U 2019-yilda Prezident farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Pokistonning Lahor shahrida iftorlikdan oldin duo qilayotgan yuk mashinasi haydovchilari.

Foto: Rex

Bo‘stonliq tumanidan Toshkent shahriga qaytaverishda yo‘l chetida lola sotayotgan ayol-qizlar. Lolaning bir donasi hozirda 10—15 ming so‘mdan sotilmoqda.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Istanbuldagi masjidga aylantirilgan Avliyo Sofiya ibodatxonasida Ramazonning ilk juma namozi ijtimoiy masofa saqlagan holda o‘qildi.

Foto: Getty Images

Londondagi Sent-Jeyms bog‘ida sayr qilib yurgan ayolning yelkasiga qo‘nib olgan kaptar.

Foto: Reuters

Istanbulda COVID-19 kasalligidan davolanayotgan chaqaloq.

Foto: Getty Images

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘i hududida qurilgan yangi “Yusufxon o‘g‘li Qosimxon” masjidida Ramazonning ilk jumasida namoz o‘qiyotgan musulmonlar.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Kubadagi hayvonot bog‘ida yashayotgan Garfild ismli Bengal yo‘lbarsi.

Foto: Reuters

Koronavirusga chalingani bois nafas olishga qiynalayotgan ikki erkak Nyu-Dehlidagi Lok Nayak Jay Prakash davlat kasalxonasida bemorlar benihoya ko‘p, joy esa yo‘qligidan travmatologiya bo‘limidagi bittagina koyka-o‘rinni o‘zaro bo‘lishib yotibdi. Hindistonda yil boshida kuniga o‘rtacha 10 ming atrofida COVID-19’ni yuqtirib olish bilan bog‘liq holat qayd etilayotgan edi, biroq so‘nggi haftalarda xastalanish ko‘rsatkichi keskin oshdi — birgina 15-aprel kuni butun mamlakat bo‘ylab 217 mingdan ortiq odamda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu dunyo bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Foto: Reuters

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Qoranko‘l” mahallasida joylashgan Corrida food korxonasiga qarashli agroekoturzonada boqilayotgan bug‘u. O‘zbekistonda yagona hisoblangan agroekoturzonada 112 bosh bug‘u parvarish qilinmoqda. Turzona 2020-yilning oktabr oyidan boshlab tabiat ixlosmandlariga xizmat qilib kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov