UzAuto Motors 2021-yil yanvar–mart oylarida 44,4 ming dona avtomobil ishlab chiqardi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasining hisobotiga tayanib, “Gazeta.uz”.

Foto: “Daryo”

Ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2021-yilning shu davriga nisbatan 40,2 foizga kamaygan. Kompaniya 2020-yilning shu davrida 75,6 mingta mashina ishlab chiqarilgan (31,2 mingtaga ko‘p).

Qayd etilishicha, 2021-yilning uch oyi davomida Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish 28,5 foizga (17,7 mingdan 12,6 ming donaga), Nexia — 66,4 foizga (20,7 mingdan 6 958 tagacha), Gentra — 41,9 foizga (14,4 mingdan 8 399 tagacha), Damas — 7,1 foizga (12,9 mingdan 12 minggacha), Spark — 78,2 foizga (8 256 dan 1800 gacha) kamaygan. UzAuto Motors faqat Labo ishlab chiqarishni 74,4 foizga — 1470 dan 2564 tagacha oshirdi.

Yilning dastlabki uch oyi kesimida avtomobil ishlab chiqarish:

Foto: “Gazeta.uz”

Modellar kesimida avtomobil ishlab chiqarish:

Foto: “Gazeta.uz”

Bundan avval UzAuto Motors Chevrolet Onix’ni sotuvga chiqarishdan avval turli soha vakillari va blogerlar ishtirokida sinovdan o‘tkazgani, UzAuto Motors Malibu, Equinox va Tracker narxlarining keskin ko‘tarilishi yuzasidan izoh bergani hamda O‘zbekistonda qaysi rusumdagi avtomobillar soni eng ko‘pligi ma’lum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.