Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Aktrisa Sitora Alimjonova folloverlari bilan yaqindan tanishish uchun o‘zi haqidagi ma’lumotlarni ular bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Mashhura Zulfiqorova Hindi show ko‘rsatuvida “Qasos o‘ti” filmidagi Rekxa yaratgan obrazni gavdalantirdi.

Lola o‘zidan 28 yosh katta raqibi bilan shaxmat o‘ynayotgan o‘g‘li uchun muxlislaridan omad so‘radi.

Foto: Instagram

Shahzoda Muhammedovaning qizi Milananing tug‘ilgan kunidan video e’lon qilindi. Ushbu videoda aktrisaning qaynata, qaynana, qaynopa va boshqa qarindoshlarini ko‘rish mumkin.

Durdona Qurbonova muhtoj oilalarga yegulik ulashish xayriya aksiyasida qatnashdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Aziza Yoqubova folloverlarining savollariga javob berdi. U “Farzandingiz uchun eringiz bilan yarashasizmi?” degan savolga hozir faqat farzandini o‘ylayotgani aytib, javob berdi.

Foto: Instagram

“Havas” guruhi xonandalari Hindistondagi to‘ylarni o‘tkazib berayotgani, hindlarning to‘yi qanday o‘tishi haqida so‘zlab berdi.

Milena Madmusayeva ustoz san’atkorlar bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

DJ Piligrim tog‘ yonbag‘rida hordiq chiqardi.

Foto: Instagram

“Jaydari kelin” spektaklidagi bosh qahramon obrazini mahorat bilan gavdalantirgan aktrisa Munojat Alimboyeva bedavo kasallik tufaylik bir muddat tushkunlikka tushgani, biroq yaqinlari ko‘magida yana ijodga qaytgani haqida so‘zlab berdi.