Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Umidaxon imijini o‘zgartirdi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova Marg‘ilondagi bolaligi o‘tgan hovlida iftorlik tashkillashtirdi.

U, shuningdek, Marg‘ilon shahridagi tarixiy qadamjolarni ham ziyorat qildi hamda ushbu jarayonda shahardagi yo‘llarning ta’mirtalab ekanligiga guvoh bo‘ldi. Yulduz Usmonova Marg‘ilon shahar hokimligiga murojaat qilib, yo‘llarga e’tibor berishni so‘radi.

Bollivud aktrisasi Madhuri Dikshit koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini oldi.

Foto: Instagram

Burak O‘zchivit o‘zi hamkorlik qiladigan kiyim brendining yangi fotosessiyasida suratga tushdi.

Foto: Instagram

Uchinchi marta ota-ona bo‘lish arafasida turgan Oybek va Nigora “O‘g‘ilmi yoki qiz?” mavzusida fotosessiya uyushtirdi.

Madina Mumtoz turmush o‘rtog‘ini tug‘ilgan kuni bilan turk tilida tabrikladi.

Foto: Instagram

Yulduz Nizomova otlar bilan tushgan suratini “muhabbat” deb atadi.

Foto: Instagram

Teleboshlovchi Iroda Nosirova ozish uchun qattiq parhez qilib, kasalxonaga tushib qolgani haqida so‘zlab berdi.

Sitora Alimjonova kitoblarga mehri va katta kutubxonasi bo‘lishini orzu qilishi haqida post yozdi.

Foto: Instagram

Otabek Mirzaxolov “Setora” va “VIA Marokand”ning yangi klipi uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.

Javohir Zokirov “Mendirman” seriali haqida gapirgan Ozod Shamsga “ko‘rsatib qo‘ymoqchi” bo‘ldi, oqibatda esa o‘zi jarohatlandi.