Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Luiza Rasulova tog‘ yonbag‘rida tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

“Setora” guruhi va VIA Marokand “Bo‘pti, xo‘p” deb nomlangan yangi qo‘shig‘iga hazilomuz klip suratga oldirdi. Ushbu klipda “Setora”ning ayni paytda AQShda yashayotgan xonandasi Feruza Latipova ham rol ijro etgan.

Aktrisa Kamila Gimandinovaning turmush o‘rtog‘i Farrux Habibullayev sahifasiga ularning birga tushgan yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Aktrisa Xosiyat Husanova “O‘zim” loyihasiga bergan intervyusida hayotidagi og‘ir damlar haqida so‘zlab berar ekan, bir vaqtlar yeyishga hech narsasi qolmaganida axlatga tashlangan nonni olib, yeganini ham esladi.

Shahlo Zoirova bir kunini faqat farzandlariga bag‘ishladi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda ancha keksayib qolgan To‘ti Yusupovaning milliy teatrga kelgani aks etgan video tarqalmoqda. Aktrisa ushbu videoda “Endi teatrga boshqa kela olmasam kerak”, deydi.

Lola qizi Aishaning tili “dada” deb chiqqanini yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Samandar Hamroqulov esa ayni paytda Istanbul shahrida dam olmoqda.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva dugonasi Sevara Soliyevaning o‘g‘li Sultonbekning tug‘ilgan kuniga bordi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva singlisi Karimaga narxi 80 000 dollardan boshlanadigan Porsche Taycan avtomobilini sovg‘a qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Feruza Normatovaning to‘yda kichkina bolacha tufayli noqulay vaziyatga tushgani aks etgan video tarqalmoqda. Videoda aktrisaning uzun ko‘ylagi etagi ostiga kichkina bola kirib oladi, Feruza bu vaziyatdan dovdirab qolib, bir muddat gapira olmay qoladi.

Aktrisaning ushbu videodagi partnyori Baxtiyor Turg‘unov ushbu vaziyatga izoh berib, bu ham uning uchun, ham Feruza uchun kutilmagan vaziyat bo‘lganini ma’lum qildi.