22:45, 27.04.2021 // 61722

Samarqandda YPX inspektorlari fuqaroni kuch ishlatib, xizmat mashinasida olib ketgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda 27-aprel kuni “Paxtachida YPX xodimlari fuqaroni urib, olib ketishmoqda” sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. YHXBB matbuot xizmati videoda aks etgan holatga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat  26-aprel kuni soat 18:30 larda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan. Inspektorlar tumanning “Mirkan” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida xizmat olib borayotganida Damas haydovchisi transport vositasini shubhali boshqarishi ularning e’tiborini tortgan.

YPX xodimlariga yaqinlashgan vaqtda to‘satdan ortga qaytib olib harakatlangan. Xodimlar haydovchining ortidan kuzatib borgan. Haydovchini to‘xtatish choralari ko‘rilib, YPX xodimlari haydovchi bilan o‘zaro muloqot qilgan vaqtda haydovchining og‘zidan spirtli ichimlik hidi kelgan va tekshirish maqsadida tibbiy ko‘rikka taklif etilgan. Mastligi tasdiqlansa, chora ko‘rilishini bilgan haydovchi xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, haydovchining mastlik holati tasdiqlanib, unga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va Damas avtomobili vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatgan Malibu haydovchisi 5 sutkaga, Damas haydovchisi esa 10 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda IIBB xodimlari ayollarni kuch ishlatib, xizmat mashinasiga o‘tqizayotgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy izoh berildi

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv