27-aprel kechasi osmonda pushti rangli Oy ko‘rinish berdi. Kadrga muhrlangan ajoyib hodisa suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: Reuters

Bu 2021-yilning birinchi to‘lin oyi.

Foto: AP Photo

Oy Yerga maksimal darajada yaqin kelgan.

Foto: AFP

Oy va Yer sayyorasi o‘rtasidagi masofa, taxminan, 357 ming kilometrni tashkil qildi.

Foto: Reuters

Bu vaqtda Yerning yo‘ldoshi odatdagidek ko‘rinishda bo‘lmagan.

Foto: Reuters

Super Oy hodisasi to‘lin Oy hodisasi bilan bir paytda kuzatildi.

Foto: Reuters

Bu vaqtda Oy o‘ziga xos rangga ega bo‘ladi.

Foto: AFP

Katta pushti Oyni birinchi bo‘lib Turkiya, Eron va Gemaniya aholisi ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Reuters

To‘lin Oy ko‘pincha bir-biridan ajoyib nomlar bilan ataladi.

Foto: Reuters

Bahor guli floks (to‘p bo‘lib ochiladigan, o‘tsimon xushbo‘y gul) rangida ko‘rinish bergani uchun Aprel to‘lin oyi deb ham ataladi.

Foto: AFP

Mazkur gul Shimoliy Amerikada o‘sadi. U yerda yashagan hindular mazkur hodisaga qarab mavsum o‘zgarishini belgilagan.

Foto: AP Photo

Keyinchalik bu Yevropadan ko‘chib kelgan insonlar uchun ham an’anaga aylangan.