Telegram’dagi “Exo Uzbekistana” kanalida Qoraqalpog‘istonning Nukus shaharida avtomobillar tirbandligi aks etgan suratlar e’lon qilindi.

Foto: Telegram / “Exo Uzbekistana”

E’lon qilingan suratlarda tirbandlik, asosan, Damas avtomobillaridan iborat ekanini ko‘rish mumkin.

Foto: Telegram / “Exo Uzbekistana”

O‘zbekistonda Damas’larning juda ko‘pligini ko‘rsatuvchi foto va videolar bundan avval ham e’lon qilingan. Xususan, “Damasiston” deb nomlangan foto ijtimoiy tarmoqlardagi eng ommabop suratlardan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, UzAuto Motors 2021-yil yanvar–mart oylarida 44,4 ming dona avtomobil ishlab chiqargan. O‘zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2020-yilning mos davriga nisbatan 40,2 foizga kamaygan bo‘lib, bunda Damas ishlab chiqarish hajmi 7,1 foizga (12,9 mingdan 12 minggacha) kamaygan.