The Wall Street Journal nashri jurnalisti Aleks Janin o‘zining Twitter’dagi sahifasida aktyor Vudi Xarrelsonning unga ko‘chayotganida tasodifan qanday yordam ko‘rsatganligi haqidagi hikoyasi bilan bo‘lishdi, deb yozadi Esquire.

Foto: Esquire

“Vudi Xarrelson bugun kvartiradan ko‘chishimizga yordam berdi. Seni yaxshi ko‘raman, Nyu-York”, – deya Janin aktyor bilan tuvakdagi gulni ko‘tarib ketishda yordam berayotgani aks etgan suratni izohladi. Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, aktyor gullarni tez-tez sug‘orishni maslahat bergan. Vudining surati bilan jurnalistning tviti allaqachon yarim milliondan ortiq layk to‘plagan va 24 ming marta ulashilgan.

“Men velosipedimni yuk mashinasiga olib ketayotgan edim, o‘sha paytda u do‘kondan chiqib, velosipedlarni ijaraga beradigan eng yaqin stansiya qayerda ekanligini so‘radi. Biz biroz suhbatlashdik va u bizga yordam berishni taklif qildi. Biz rad etdik, lekin u turib oldi, u shunday mehribon”, – deydi Janin.

Foto: Esquire

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu voqeadan xursand bo‘ldi, ammo ba’zilari aktyorning bo‘yiga e’tibor qaratib, bunga shubha ham qildi. Aktyor qiz bilan taqqoslanganda juda past bo‘yli bo‘lib ko‘ringan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Janin haqiqatan ham Vudi bilan deyarli bir xil balandlikda. Jurnalist izohlarda uning bo‘yi 176, Xarrelsonniki esa 177 santimetr deb javob bergan. Shuningdek, Twitter foydalanuvchilari ham sharhlarda Xarrelsonning odamlar bilan osongina kirishib ketgan holatlarini esga oldi:

“U juda yoqimtoy inson. Ko‘p yillar avval Mayamida bo‘lib o‘tgan kinofestivalda birga ishlaganmiz”, – yozadi @shollins77.

“Vudi Xarrelson favqulodda qobiliyat egasi. U suratga tushayotgan jarayonda ham xavfsizligi mavjud bo‘lmagan sport zaliga kirib borgan va hamma bilan mashq qilgan. Albatta, taniqli aktyorlardan farqli o‘laroq”, – deydi @wthentix.