Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi yarim final javob bahsi doirasida “Chelsi”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Foto: Twitter/@realmadrid

Zinedin Zidan qaydnomaga 23 nafar futbolchini kiritdi. Himoyachilar Dani Karvaxal, Rafael Varan va yarim himoyachi Lukas Vaskes jarohat tufayli o‘yinda ishtirok etolmaydi. Serxio Ramos va Ferlan Mendi jarohatdan forig‘ bo‘lib, safga qaytgan.

“Chelsi” va “Real” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 5-maydan 6-mayga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

“Real”ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diyego Altube;

Himoyachilar:  Eder Militao, Serxio Ramos, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi, Migel Gutyerres;

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko, Serxio Arribas, Blanko;

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!