International SOS tibbiyot va turizm tashkiloti 2021-yilda sayohat qilish uchun eng xavfli mamlakatlar xaritasini yangiladi, deb yozmoqda Tengrinews.

Foto: Pixabay

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Liviya, Suriya va Afg‘oniston eng xavfli mamlakatlar hisoblanadi.

Shuningdek, sayyohlarga Mali, Somali, Janubiy Sudan, Markaziy Afrika Respublikasi, Misr, bundan tashqari, Nigeriyaning bir qismi, Kongo, Pokiston va Iroq davlatlariga borish tavsiya etilmaydi. Shu bilan birga, bu ro‘yxatga Ukraina ham kiritildi.

Davlatlarga, birinchi navbatda, siyosiy vaziyatni, ijtimoiy notinchlik xavfini, shuningdek, zo‘ravonlik bilan qilingan jinoyatlar va mayda bezorilik holatlarini hisobga olgan holda baho berildi.

Avvalroq Markaziy Osiyo davlatlari AQSh fuqarolari uchun sayohat qilish tavsiya etilmagan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ro‘yxatda, xususan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Rossiya, Xitoy, Singapur, Eron, Braziliya, Argentina, Mozambik, Chad, Kosovo, Keniya va Tanzaniya kabi davlatlar bor.