Andijon shahrida haydovchi YPX inspektorini kaltaklab, o‘ldirish bilan tahdid qildi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida xizmat vazifasini olib borayotgan YPX inspektorining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil jarima maydoniga olib kirilgan.

Jarima maydonida haydovchi mashinadan tushib, u bilan birga kelgan YPX inspektorini kaltaklagan.

Haydovchi harakatlarini davom ettirib, mashinasidagi o‘tkir tig‘li pichoqni olib, inspektorni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkent viloyatida o‘zini “Oysha xola” deya tanishtirgan YPX xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlangani, Jizzaxda YPX xodimlaridan qochib ketgan Cobalt haydovchisi va unga yordam bergan ikki tanishi qo‘lga olingani hamda Toshkentda YPX inspektori haydovchiga o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi.