Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi 26-may kuni kechasi super Oy hodisasini kuzatish mumkin bo‘lgan reys uchun chiptalar savdosini boshladi, deb xabar beradi Esquire. Mazkur tabiat hodisasida Oy Yerga maksimal darajada yaqinlashadi.

Foto: Legion Media

Ushbu reysning ekonom-klassidagi o‘rin uchun 499 Avstraliya dollari (389 AQSh dollari), premium-ekonom uchun — 899 (700 dollar), biznes-klass uchun esa 1499 (1170 AQSh dollari) dollar to‘lashi lzoim. Biznes-klass yo‘lovchilari uchun reys avvalida kokteyl kechasi o‘tkaziladi, parvozni esa astronom izohlab boradi.

Boeing 787 samolyoti o‘z parvozini Sidney Xalqaro aeroportidan boshlaydi. Samolyot 13 kilometrga yaqin balandlikka ko‘tariladi, parvoz trayektoriyasini uchuvchilar Vanessa Moss astronomlari bilan kelishib oladi.

Mart oyida Qantas aviakompaniyasi yo‘lovchilar qayerga uchganliklarini faqat qo‘nish vaqtida biladigan “sirli reyslarni” yo‘lga qo‘ygandi. Ma’lum qilinishicha, parvozlarning har biri ikki soatga yaqin davom etadi, sayohat esa bir kunga mo‘ljallangan. Bu orqali kompaniya xodimlarni ish bilan ta’minlashni va mahalliy turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirgandi.