“Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon faoliyatini davom ettirish borasida bir nechta taklif oldi, deya xabar qilmoqda Tuttosport.

Foto: Getty Images

Manbada ta’kidlanishicha, 43 yoshli futbolchiga “Barselona”dan qiziqish bor. Agar kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, Buffon katalonlarning zaxira darvozaboniga aylanadi.

Shuningdek, Buffon “Olimpiakos”, “Dinamo Kiyev”, “Ayntraxt F”, “Galatasaroy” va “Sporting”dan taklif olgani aytilmoqda.

Avvalroq Jiji Buffon turinliklar bilan 2021-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomasini uzaytirmasligini va “Yuventus”ni tark etishini ma’lum qilgandi.

Buffon A Seriya joriy mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, ularning uchtasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!