Angliya Premyer Ligasida aprel oyining eng yaxshilari aniqlandi. Bu haqda APL matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Twitter

“Vest Hem” hujumkor yarim himoyachisi Jessi Lingard oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Angliyalik futbolchi o‘tgan oyda to‘rtta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgandi. Shuningdek, Lingardning “Vulverhempton”ga urgan goli oyning eng chiroyli goli deb topildi.

Shu tariqa Lingard ketma-ket uchinchi marta APLda oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Ushbu sovrin uchun shuningdek, quyidagi futbolchilar kurash olib borgandi:

  • Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”) — 4 o‘yinda gol va 2 ta assist;
  • Styuart Dallas (“Lids”) — 4 o‘yinda 2 ta gol;
  • Meyson Grinvud (“Manchester Yunayted”) — 4 o‘yinda 4 gol va assist;
  • Kelechi Iheanacho (“Lester”) — 5 o‘yinda 4 gol va 2 assist;
  • Mateus Pereyra (“Vest Bromvich”) — 4 o‘yinda 4 ta gol va 2 ta assist;
  • Allan Sen-Maksimen (“Nyukasl”) — 4 o‘yinda gol va assist;
  • Kris Vud (“Byornli”) — 4 o‘yinda 4 ta gol va 3 ta assist.

Foto: Twitter

“Nyukasl” ustozi Stiv Bryus esa aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. Bryus qo‘l ostidagi jamoa oy davomidagi 4 o‘yinda 2 ta g‘alaba va ikkita durang qayd etdi.

Ushbu sovrin uchun yana uch murabbiy da’vogar bo‘lgandi:

  • Ole-Gunnar Sulsher (“Manchester Yunayted”) — 4 o‘yinda 3 ta g‘alaba va durang;
  • Marselo Byelsa (“Lids”) — 4 o‘yinda 2 ta g‘alaba va 2 ta durang;
  • Sem Ellardays (“Vest Bromvich”) — 4 o‘yinda 2 ta g‘alaba, durang va mag‘lubiyat;

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!