Futbol bo‘yicha OFK Kubogi guruh bosqichi 1-turi doirasida “Nasaf” 14-may, juma kuni “Oloy” bilan bahs yuritdi.

Foto: “Championat.asia” / “Daryo”

“Nasaf”ning to‘liq ustunligida o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi 45 daqiqalikda esa qarshiliklar Qirg‘iziston jamoasi darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Gollarga Suhrob Nurulloyev, Shohmalik Komilov, Husayn Norchayev va Husniddin Aliqulov mualliflik qildi.

Shu tariqa Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi “Nasaf” markazlashgan formatda o‘tayotgan musobaqaning ilk turida yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. Jamoa 17-may kuni “Xo‘jand”ga qarshi bahs yuritadi.

OFK Kubogi

1-tur bahsi

14-may, juma

“Nasaf” O‘zbekiston — “Oloy” Qirg‘iziston 4:0

Gollar: 1:0 — 52 Nurulloyev, 2:0 — 58 Komilov, 3:0 — 64 Norchayev, 4:0 — 75 Aliqulov.

“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 8. Dilshod Saidov (4. Husniddin Aliqulov, 69), 5. G‘olib G‘aybullayev, 92. Umar Eshmurodov, 15. Jo‘rabek Mannonov (20. Suhrob Nurulloyev, 46), 34. Sherzod Nasrullayev, 50. Shohmalik Komilov (28. Sardor Sa’dullayev, 78), 88. Marko Stanoyevich, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov (14. Shokir Yo‘ldoshev, 69), 19. Husayn Norchayev (25. Muhriddin Zoirov, 78).

“Oloy”: 16. Danil Polyakov, 4. Aydar Mambetaliyev, 14. Oybek Abdug‘afforov (17.Suyunbek Mamiraliyev, 87), 21. Almazbek Malikov, 7. Ahliddin Isroilov (9.Nurbolot Irisbekov, 67), 10. Emmanuel Yagr, 11. Eldar Moldojunusov, 12. Erlan Mashirapov, 19. Nurdolot Stalbekov (25.Shohrux Askarov, 88), 20. Tijani Belaid (5.Adilet Nurlan Uulu, 81), 27. Akramjon Umarov.

Ogohlantirishlar: Aydar Mambetaliyev 29.