Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan suhbat qildi.

Jurnalistlardan biri bilan suhbatda Prezident endi onkologik va gematologik kasalliklar bilan bog‘liq operatsiya xarajatlarining 50 foizini davlat to‘lab berishini ma’lum qildi.

“O‘zimni ham ko‘p qiynab yurardi — onkologik bilan gematologik ‘peresadka’ (operatsiya turi — tahr.) bo‘yicha markaz ham yo‘q, uskuna ham yo‘q edi. Shuning uchun mana Moskvada, Novosibirskda katta tajriba bor. Koreyada, Germaniyada tajriba bor. Shularning uskunasini olib kelamiz”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar holidan xabar olgani haqida xabar berilgandi.