Samarqand viloyatining Payariq tumanida 9 yoshli bola Damas urib yuborishi oqibatida vafot etdi.

Foto: Videodan kadr

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 9-may kuni soat 21:30 larda Payariq tumani “Gulzor” MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining 5-kilometrida yuz bergan. Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan 9 yoshli bolani urib yuborgan.

Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, bola olgan tan jarohatlaridan tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Avvalroq Farg‘onada ikki Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda 6 kishi, shu jumladan, 7 oylik chaqaloq vafot etgani, Namanganda Nexia, Damas va UAZ ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘lgani, Qashqadaryoda “Jiguli” va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.