Xeops piramidasining balandligidan kattaroq bo‘lgan asteroid 14-may kuni Yerga yaqinlashadi, deb yozmoqda Tengrinews.

Foto: Fotolia

NASA agentligining xabar berishicha, 2015 KJ19 deb nomlangan asteroidning diametri 88 metrdan 200 metrgacha bo‘lib, uning hajmi Xeops piramidasidan (147 metr) kattaroq hisoblanadi.Asteroid Yerga eng qisqa masofaga Toshkent vaqti bilan 15:04 da yaqinlashadi.

“Parvoz trayektoriyasining eng yaqin nuqtasi Yerdan Oygacha bo‘lgan masofada 15 barobar ortiqroq bo‘ladi. Shunday ekan, asteroid sayyoramiz uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi”, — deyiladi agentlik bo‘linmalaridan birining saytida.

Ta’kidlanishicha, asteroidning Quyosh atrofida aylanish davri Yerdagi 1094 kundan oshadi.

Avvalroq 2021-yil 21-mart kuni yana bir ulkan asteroid Yer yaqinidan o‘tgan edi. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, asteroid Yerga hech qanday xavf solmayapti, uning sayyoramizga to‘qnashish ehtimoli nolga teng. Ta’kidlanishicha, asteroidning diametri 1,7 kilometrni tashkil etadi va u soniyasiga 34 kilometr tezlik bilan harakatlanmoqda.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning aprel oyida AQShning Florida shtatidagi Vest-Palm-Bich shahrida videokuzatuv kameralarining meteorit deb taxmin qilingan samoviy jismning qulashini yozib oldi. Astronomlarning taxminlariga ko‘ra, uning hami mashinadan kichikroq bo‘lib, uning kattaligi to‘rt metrni tashkil qilgan va Yerga tahdid solmagan.