Biz Akfa kompaniyasining innovatsion yechimlari bilan birgalikda funksional va qulay terrasa hududlarini yaratamiz. Yangi Akfa Innovations shourumida terrasa hududi uchun amaliy yechimlar namoyish etildi.

Xonadonning ochiq osmon ostidagi hududini rejalashtirishda maydonni qanday qilib eng samarali tarzda quyosh nuridan soyalash va uni yopib qo‘yish, uni qulay hamda xilvat dam olish maskaniga aylantirish haqida o‘ylash muhimdir.

Xususiy uyning shinam qishki bog‘i yoki restoranning xilvat verandasiga aylanishi mumkin bo‘lgan qulay terrasani yaratish uchun maydonni har qanday ob-havo sharoitida ham qulaylikni ta’minlab beruvchi, ishonchli, barcha mavsumlarga mos bo‘lgan soyabon bilan jihozlash muhimdir. Pergola — suriladigan tizim bugungi kunda quyosh nurlaridan himoya qiluvchi, eng funksional tizimlardan biri hisoblanadi.

Ko‘p yillar mobaynida u butun dunyo bo‘ylab qahvaxonalar va restoranlardagi yozgi terrasalarni loyihalashda, ochiq suv havzalari, shahar tashqarisidagi verandalar va avtoturargohlarda ishlatilmoqda.

Pergola tomlari ikkita ekologik toza materiallardan — mustahkam tent yoki alyuminiydan tayyorlanishi mumkin. Alyuminiy qurilmasi qo‘llashda ancha bardoshli va ishonchlidir, u yog‘ingarchilik yoki kuchli shamollardan qo‘rqmaydi. Ular shuningdek, quyosh nuri darajasini sozlash uchun masofadan boshqarish pulti yordamida aylanadigan, yo‘naltiruvchi lamellarga ega.

Tentdan tashkil topgan tom ancha yengilroq, ammo shunga qaramay yomg‘irdan yoki qordan ishonchli tarzda himoya qiladi. U ultrabinafsha nurlar ta’sirini to‘liq zararsizlantiradi, shuningdek, tent ostidagi haroratni 7-10 darajaga pasaytiradi. U ochiq havoda dam olish uchun eng yaxshi muhitni yaratib beradi.

Akfa Innovations shourumida namoyish etilgan modellar nafis minimalistik uslubda ishlangan, shuning uchun ham ular har qanday eksteryerga mos keladi.

Barcha pergolalar yomg‘irning soyabon ostiga kirishiga to‘sqinlik qiluvchi, tarnov quvurlar tizimi bilan jihozlangan.

Akfa Gretsiya va Turkiya davlatlarining furnituralaridan foydalangan holda pergola ishlab chiqarishni va o‘rnatishni O‘zbekistonda boshlagan birinchi mahalliy kompaniya bo‘ldi. Oldinlari faqatgina chet eldan buyurtma berish orqali bunga erishish mumkin edi.

Pergola ostidagi terrasa hududini yanada shinam va qulay qilish uchun Akfa yana bir zamonaviy va funksional yechim — Vertiflex gilotin tizimini taklif etadi. Bu vertikal suriladigan ochilish mexanizmi bo‘lib, ko‘chma tutqichli va masofadan boshqarish pultidan iborat, romlarsiz oynalar bilan qoplangan mashhur avtomatik tizim. Motorli ikki tarafga suriluvchi tizimlar — bu nafaqat maydondan samarali foydalanish, balki terrasangizga kiruvchi shamol oqimi yoki quyosh nurini boshqarishga imkon beruvchi inqilobiy yechim. Tizim balkonlarni, restoranlarni, terrasalarni oynalashda yoki yozgi suv havzalarini qishkiga aylantirishda qo‘llanilishi mumkin.

Pergola va gilotin tizimlaridan avtomatlashtirilgan va “aqlli uy” tizimi orqali foydalanish imkoni mavjud. Shourum xodimlari mos tizimni o‘rnatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishi mumkin. “Aqlli uy” kontroller yoki smartfondagi tugmachalarni bosish orqali, shuningdek, ovozli buyruqlar yordamida kundalik uy yumushlarini avtomatlashtiradi. Uyingizdagi deyarli barcha qurilmalar – maishiy texnika vositalaridan tortib, multimedia uskunalariga qadar tizimga ulanishi mumkin.

Bunday funksional terrasali hududlar – restoran va qahvaxonalar uchun qulay yechim, chunki inshootlar yengil harakatchan bo‘lib, mehmonlarga toza havoda dam olishi uchun qo‘shimcha joyni tezkor jihozlashga imkon beradi hamda ehtiyoj yo‘qolganda, qurilma qisqa fursatda demontaj qilinishi mumkin. Shuningdek, parvarish yoki maxsus texnik xizmatni talab qilmasligi uning muhim jihatlariga kiradi.

Terrasa hududi uchun yana bir qiziqarli yechim — bu yengil, ammo bardoshli materialdan tayyorlangan zip parda bo‘lib, u yashash joyini yorqin quyosh nurlari va hasharotlardan himoya qiladi hamda norasmiylikni ta’minlaydi. Ammo shunga qaramay, toza havoning to‘siqsiz o‘tishi ta’minlanadi.

Chet elda uzoq vaqtdan beri muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinayotgan novatorlik va ergonomik tizimlarni endi Akfa Innovations shourumida o‘z istak va ehtiyojlaringizdan kelib chiqqan holda sotib olishingiz mumkin. Barcha tizimlar ko‘p yillik kafolat bilan ta’minlanadi va tezkor o‘rnatilish nazarda tutiladi.

Endi birinchi darajali qulay dam olish sharoitlari barcha uchun mavjuddir!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun ushbu raqamga murojaat qiling: +(99895) 341 00 00

Bizning manzil: Toshkent shahri Oltintepa ko‘chasi 171-uy

Reklama huquqi asosida.