Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 36-turida “Manchester Siti” va “Nyukasl” 14-may, juma kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Nyukaslda kechgan bahsda darvozalarga umumiy hisobda 7 ta gol urildi. “Shaharliklar” safida Ferran Torres het-trikka erishdi. E’tiborlisi, ispaniyalik futbolchi birinchi golini noodatiy tarzda kiritdi, ushbu vaziyatda u to‘pni tovoni bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Yana bir gol esa Joau Kanselu nomiga yozildi. Mezbonlarning gollariga Emil Kraft, Joelinton va Jo Uillok mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin chempionlikni muddatidan oldin rasmiylashtirib bo‘lgan “Siti”ning ochkolari soni 83 taga yetdi. “Nyukasl” esa 39 ochko bilan 16-pog‘onani band etgan.

APL

36-tur bahsi

14-may, juma

“Nyukasl” – “Manchester Siti” 3:4

Gollar: 1:0 – 25 Kraft, 1:1 – 39 Joau Kanselu, 1:2 – 42 Ferran Torres, 2:2 – 45, penalti Joelinton, 3:2 – 62 Uillok, 3:3 – 64 Ferran Torres, 3:4 – 66 Ferran Torres.

“Nyukasl”: Dubravka, Fernandes (Geyl, 88), Dammett, Kraft, Ritchi (Longstaff, 84), Uillok, Merfi, Shelvi, Almiron, Sen-Maksimen, Joelinton (Lyuis, 84).

“Manchester Siti”: Karson, Erik Garsiya, Ake, Uoker, Joau Kanselu (Mendi, 74), Gundo‘g‘on, Rodri, Ferran Torres, Bernardu Silva, Sterling, Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Ritchi (36), Rodri (44), Joau Kanselu (56), Shelvi (59).