Avstraliyaning Janubiy Kvinslend shtatida kuchli momaqaldiroq bo‘lib, 4 soat davomida Brisben shahri atrofida 71 ming marta chaqmoq chaqdi, deb yozmoqda The Watchers.

Foto: Twitter

“May oyida Kvinslendning janubi-sharqida kuchli momaqaldiroq bo‘lishi g‘alati. Shuningdek, osmonning yashil tusga kirishi ham odatiy hol emas. Lekin 12-may kuni bularning har ikkisi sodir bo‘ldi”, — deb xabar berdi meteorolog Ben Domezino.

Chaqmoqlarning 5400 tasi yerga urilib, qolganlari osmon va bulutlar orasida paydo bo‘ldi.

Avvalroq Hindistondagi bo‘ron vaqtida yashin urishi oqibatida 18 ta fil halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Fillarning jasadlarini mamlakatning shimoli-sharqidagi Assam shtatining Nagaon shahri yaqinidagi qishloq aholisi topdi. Shtat rasmiylarining aytishicha, fillar Kandoli yovvoyi tabiat qo‘riqxonasiga yashin urishi oqibatida halok bo‘lgan.