Braziliya terma jamoasi JCh—2022 saralash bahslari doirasidagi Ekvador va Paragvayga qarshi kechadigan o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qildi.

Foto: Twitter

Tito qaydnomaga 24 nafar futbolchini jalb qildi. Braziliya Ekvadorga qarshi 3-iyun kuni maydonga tushsa, Paragvay bilan 8-iyunda o‘ynaydi.

E’tiborlisi, tarkibga “San-Paulu”ning 38 yoshli himoyachisi Dani Alves ham kiritilgan.

Darvozabonlar: Alisson (“Liverpul”), Ederson (“Manchester Siti”), Ueverton (“Palmeyras”);

Himoyachilar: Dani Alves (“San-Paulu”), Danilo, Aleks Sandro (ikkisi – “Yuventus”), Renan Lodi (“Atletiko”), Eder Militao (“Real”), Lukas Verissimo (“Benfika”), Markinyos (“PSJ”), Tiago Silva (“Chelsi”);

Yarim himoyachilar: Fabinyo (“Liverpul”), Fred (“Manchester Yunayted”), Lukas Paketa (“Lion”), Kazemiro (“Real”), Duglas Luis (“Aston Villa”), Everton Ribeyro (“Flamengo”);

Hujumchilar: Everton Soares (“Benfika”), Roberto Firmino (“Liverpul”), Gabriel Barboza (“Flamengo”), Gabriel Jezus (“Manchester Siti”), Neymar (“PSJ”), Risharlison (“Everton”), Vinisius Junior (“Real”).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!