“Manchester Siti” Premyer Liga 36-turi doirasida 14-may kungi bahsda “Nyukasl”ni taslim etdi (4:3).

Foto: Twitter

Pep Gvardiola qo‘l ostidagi jamoa APLning ketma-ket 12 ta safar o‘yinida g‘alaba qozondi. Bu Angliyaning yuqori to‘rt divizioni tarixidagi rekord natija hisoblanadi.

Avvalroq “shaharliklar” chempionlik masalasini muddatidan avval hal qilib qo‘ygandi. Jamoa 36-turdan keyin 83 ochko to‘plagan holda eng yaqin ta’qibchisini 13 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Mavzuga doir: Shayxlar tashrifidan avvalgi sharmandalik. “Manchester Siti” roppa-rosa 13 yil avval APL tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!