16:59, 15.05.2021 // 29693

Sumka uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradigan 20 tavsiya

Sevimli sumkangiz tezda yaroqsiz bo‘lib qolmasligi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.

Foto: “Domashniy ochag”

Haftada bir marta sumkani sovunli suv bilan arting

Suyuq sovun aralashtirilgan suvga namlangan yumshoq latta bilan sumkalarning ustki qismini arting. Hafta davomida yig‘ilgan chang va kirlar ketadi.

Suv yoki namlikni darhol artib tashlang

Tozalash uchun namlantirilgan salfetka, sirka va dog‘ ketkazadigan vositalardan foydalanmang. Bularning bari charmni ko‘chirishi, rangi o‘zgarishi va boshqa muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lish mumkin.

Dog‘larni ketkazishni professionallarga topshiring

Sumkalarda katta dog‘ bo‘lmasagina, uy-sharoitida parvarish qilsa bo‘ladi.

Kimyoviy tozalash

Sovunli suv bilan ham ketmagan dog‘ni bartaraf qilishni esa kimyoviy tozalash xodimlariga ishonib topshirgan yoki maxsus vositalardan foydalangan yaxshi.

Eski dog‘lar

Aksariyat hollarda eski dog‘larni maxsus vositalar bila ham ketkazib bo‘lmaydi. Bunday vaqtda sumkani kimyoviy tozalashga olib borgan yaxshi.

Ishlatilmagan vaqt ichini to‘ldirib qo‘ying

Shakli o‘zgarmasligi uchun tutmayotgan sumka ichiga eski mato yoki kiyimlarni solib qo‘ying. Rangi chiqishi mumkinligi sabab esa gazetalardan foydalanmaganingiz yaxshi.

Maxsus vositadan foydalaning

Unutmang, maxsus vositalar surtilgani yoki sepilganidan keyin darhol yuvilmasligi kerak.

Aniq turga mo‘ljallangan vositadan foydalaning

Zamsh va charmning o‘ziga mo‘ljallangan maxsus vositadan foydalaning.

Vositalardan foydalanishdan avval tekshirib ko‘ring

Sumkaning ko‘rinmaydigan ichki qismiga surtish yoki sepish orqali sinab ko‘rishingiz mumkin.

Krem surtgan qo‘lingiz bilan sumkaga tegmang

Aks holda dog‘larni ketkazish uchun kimyoviy tozalatishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

To‘g‘ri saqlash

Sumka uzoq vaqt xizmat qilishi uchun uni to‘g‘ri saqlashni ham bilish kerak. Chang tegmasligi uchun changdondan foydalaning.

Changdon topolmasangiz, boshqa narsadan foydalaning

Eski choyshab va yostiq jildlari bu borada sizga yordam beradi.

Lentalardan foydalaning

Lentalardan nafaqat bezak, balki sumka tutqichlarini himoya qilish maqsadida ham foydalansa bo‘ladi.

Quyosh nurlari ostida qoldirmang

Quyosh nurlari charmga zarar yetkazishi mumkinligini inobatga oling.

To‘q rangli kiyimlar bilan och rangli sumka tutmang

Kiyimning rangi chiqib, sumkaga yuqishi mumkin.

Poyabzal bo‘yog‘i

Kimyoviy tozalash ham yordam bermagan bo‘lsa, poyabzal bo‘yog‘i yaxshi samara berishi mumkin.

Yumshatadigan sovun va oyoq kiyimlarga mo‘ljallangan vositalardan foydalanmang

Bunday vositalar 99,9 foiz holatda sumka matosiga zarar yetkazishi mumkin.

Atirdan foydalanmang

Sumkadan yomon hid keladigan bo‘lsa, atirdan foydalanmang, toza havoga olib chiqib qo‘ying.

Razrixliteldan foydalaning

Yomon hidlarni ketkazish uchun razrixlitel yaxshi samara beradi. Ochilgan qadoqni sumka ichiga solib, uni 24 soatga changdon ichiga solib qo‘ying.

Kosmetik vositalar

Kosmetik vositalarni birinchi maxsus idish, keyin esa sumkaga soling.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv