08:44, 15.05.2021 // 15005

Tvorog va shokolad qo‘shib tayyorlanadigan mazali shirinlik retsepti

Mazali shirinlikni do‘kondan sotib olishga hojat yo‘q. Uni o‘z qo‘lingiz bilan uy sharoitida tayyorlasangiz ham bo‘ladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • tvorog — 400 g;
  • shakar kukuni — 50 g;
  • vanilin — 5 g;
  • sariyog‘— 40 g;
  • shokolad — 160 g;
  • o‘simlik yog‘i — 30 g.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Bo‘laklarga bo‘lingan shokoladni mikroto‘lqinli pechda eritib oling.
  • Eritilgan shokoladga o‘simlik yog‘i qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.
  • Silikonli maxsus qolipchalar ichiga shokoladli aralashmani surtib chiqing.
  • 10 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
  • Tvorogga sariyog‘ va shakar kukuni qo‘shib, blenderda aralashtiring.
  • Glazurli qoliplarga tvorogli aralashmani solib chiqing.
  • Ustini qolgan shokoladli aralashma bilan qoplang.
  • 1 yarim soatga muzlatkichga qo‘yib, qotishini kuting.
  • Tayyor bo‘lganidan keyin qoliplardan chiqarib, dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv