Xiaomi kompaniyasi 13-may kuni rasman o‘zining yangi simsiz naushnigi — FlipBuds Pro’ni taqdim etdi. Istiqbolda FlipBuds lineykasi simsiz Mi Air naushniklari seriyasining o‘rnini egallashi kerak, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Xiaomi FlipBuds’ni yaratishga o‘zgacha yondashgan: kompaniya yangi akustik laboratoriya yaratgan bo‘lib, uning ichidan 1,5 million dollarlik aks-sadosiz kamera ham o‘rin olgan. FlipBuds Pro’ning turli shakldagi korpuslarini o‘zi 5000 dan ortiq real insonlar qulog‘ida sinovdan o‘tkazilgan (tadqiqotlarda 10 mingdan ortiq ko‘ngilli qatnashgan), natijada konstruksiya 20 raundli turli o‘zgarishlarga uchragan — bularning barchasi qurilmani quloqqa taqqanda noqulaylik yuzaga kelmasligi uchun.

Naushniklarga uchra mikrofon o‘rnatilgan: bittasi ovozni orqadan, ikkinchisi — oldindan, uchinchisi — qo‘ng‘iroq vaqtidagi nutqdan qabul qiladi. FlipBuds Pro’ga Qualcomm QCC515 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, u faol shovqin so‘ndiruvchi uch rejim ishini ta’minlaydi. Naushniklar shovqinni 40 detsibelgacha pasaytirish imkoniga va “shaffof” ish rejimiga ega — uning yordamida foydalanuvchiga atrofidagi tovushlar uzatiladi.

Foto: IXBT

Shuningdek, o‘yin o‘ynash yoki video tomosha qilish vaqtida ovoz balandligini pasaytirish rejimi ham mavjud bo‘lib, u kompaniyaning quyidagi smartfonlarida ishlay oladi: Mi Mix Fold, Mi 11 Ultra, Mi 11 Pro, Mi 11, Mi 10 Ultra, Mi 10 Pro, Mi 10, Redmi K40 Pro, Redmi K40, Redmi K30S Supreme Edition, Redmi K30 Pro, Redmi Note 9 Pro.

FlipBuds Pro’da qarshiligi 16 Om va yuqori elastik diafragmaga ega 11 millimetrli ovoz kuchaytirgichdan foydalanilgan. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, model yuqori sifatni ovozni taqdim etadi, HRTF texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: IXBT

Mazkur naushniklar faol shovqin so‘ndirish tizimi ishga tushirilganida 5 soat, funksiyasiz 7 soat ishlaydi. Yangi gadjetni Xitoyda 125 dollarga xarid qilish mumkin. Xiaomi’ning va’da qilishicha, FlipBuds Pro sifat va funksionalligi bo‘yicha AirPods Pro’dan ortda qolmaydi, biroq undan sezilarli arzon bo‘ladi.

Avvalroq Apple AirPods 3 naushniklarining surati taqdimotdan oldin internetda tarqalib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.