Xitoyning Xubey provinsiyasidagi Uxan shahrida yuz bergan tornado oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, 218 kishi jarohat oldi. Bu haqda shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga asoslanib, CGTN telekanali xabar berdi.

Foto: zn.ua

“14-may, juma kuni kechqurun shaharning bir qator tumanlarida sekundiga 24 metr tezlikda shamol qayd etildi. Natijada 85 ta uy va inshootlar vayron bo‘ldi, 400 ga yaqini shikastlandi, ko‘plab daraxtlar qo‘porilib, minora krani qulab tushdi”, — deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, “Sinxua” agentligi shiddatli shamol sekundiga 23,9 metrga yetgani, tornado binolarga zarar yetkazgani va daraxtlar qulagani haqida xabar berdi.

Tabiiy ofatdan keyin voqea joyiga hududiy partiya qo‘mitasi rahbarlari va hukumat vakillari yetib keldi. Ular favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish rejasini kelishib olish uchun shoshilinch yig‘ilishlar o‘tkazdi.

Shuningdek, 14-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da (Toshkent vaqti bilan 16:00) Szyansu provinsiyasining Shensze qishlog‘iga tornado yopirilgan. Bir kishi vafot etib, yana 20 kishi turli xil tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ta’kidlanishicha, meteorologlarning prognozlari umid baxsh etmayapti: Szyansu va Xubey provinsiyalarida havo vulqonlari ehtimoli saqlanib qolmoqda. Mahalliy aholidan hushyorlik talab etiladi.