Yevropa kosmik agentligi tadqiqotchilari galaktikalarning ulkan klasteri suratini qo‘lga kiritdi. Surat Hubble teleskopi saytiga joylashtirilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: EsaHubble

Hubble kosmik qurilmasi ACO S 295 nomli galaktikalar to‘plamini suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, suratda mavjud barcha o‘lcham va shakldagi galaktikalar tasvirlangan: ulkan spirallardan tortib o‘pirilgan ellipslarga qadar.

“Ushbu galaktika to‘plami o‘lchamidan tashqari, ko‘plab oriyentatsiyasi bilan maqtana oladi: ayrim spiral galaktikalar deyarli ‘yuzi’ bilan joylashgan bo‘lsa, ba’zilari ‘qovurg‘asi bilan’, ular ingichka yorug‘lik chizig‘i kabi ko‘rinish kasb etgan”, — deyiladi teleskop saytida.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, klasterning o‘zi tasvir markazida ham vizual, ham jismonan joylashgan. Bu — gravitatsion ravishda fon galaktikalarini linzalashtirgan galaktikalar to‘plamining ulkan massasi hisoblanadi.

Avvalroq NASA astronavti Somon yo‘li galaktikasining hayratlanarli videosi bilan bo‘lishgani, Hubble spiralsimon yorqin galaktikani suratga olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.