2021-yilning aprelida SpaceX raketasi yordamida Xalqaro kosmik stansiyasiga chiqqan fransiyalik astronavt Tomas Peske Yerning kosmosdan turib olingan suratlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Twitter / Thom_astro

Suratlarda Yerning asosan suv egallagan qismini ko‘rish mumkin. Astronavt o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozishicha, yuzasidagi bulutlar bilan birga u xuddi “havorang marmar” kabi ko‘rinish olgan.

Foto: Twitter / Thom_astro

Tomas Peske ushbu suratlarni aynan qanday qilib olgani noma’lum. Rossiyalik kosmonavt Sergey Ryazanskiyning aytishicha, u Yerni teleobyektiv va maksimal yaqinlashtiruvchi konverterlarga ega oddiy ko‘zgusimon kameralar yordamida suratga oladi.

Avvalroq NASA astronavti Somon yo‘li galaktikasining hayratlanarli videosi bilan bo‘lishgani, NASA Yerning 2020-yildagi eng yaxshi suratlarini e’lon qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.