Insoniyat tarixida yerlarni egallab olish va ko‘proq qudratga ega bo‘lishni istagan hukmdorlarni ko‘plab uchratish mumkin. Ulardan farqli ravishda Bavariya qiroli Lyudvig II, eng avvalo, go‘zallikni sevardi. U orzular, she’riyat va opera bilan yashaganligi sababli ham siyosatga begona bo‘lgan, o‘ziga xos noyob monarx edi. U nafis didli inson sifatida, shuningdek, o‘z davrining eng sirli va fojiali siymolaridan biri sifatida abadiy qolgan. Odamlar uni ajoyib podshoh deb atay boshladilar, chunki u o‘zining ajoyib merosi — shaxsiy nazorati ostida qurilgan eng hashamatli saroylarni qoldirdi.
Foto: Travel Ask
U ushbu ajoyib binolardan birini fransuz monarxi Lyudovik XIV sharafiga yaratgan.
Foto: Travel Ask
Yog‘och ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan daraxtlarning to‘liq kesilishidan norozi bo‘lgan Xerren oroli aholisining shikoyatlari hukmdorni yerning bir qismini sotib olib, u yerga saroy qurishga undadi. Shunday qilib, u nafaqat o‘rmonni yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab qoldi, balki o‘zining navbatdagi orzusini ham amalga oshirdi.
Foto: Travel Ask
Me’morlar Georg von Dolman va Yulius Xofman bor mahoratlarini namoyish etishga harakat qilishgan.
Foto: Travel Ask
Versal bilan juda o‘xshashligiga qaramay, Bavariya qirolining qasri o‘sha paytdagi barcha zamonaviy qulayliklarga ega edi. Afsonaviy tasvirlar bilan bezatilgan liftlar, hammom, oqova suv va hattoki basseyn ham go‘zallik, ham texnik jihatdan mukammal edi. Umuman olganda, Xerrenkimzeye Versalning nusxasi emas, balki hashamat va qulaylikda undan bir necha bor ustun bo‘lgan.
Foto: Travel Ask
Lyudvig II qurdirgan zallar va shaxsiy xonalarida nafis barokko uslubi ustunlik qiladi.
Foto: Travel Ask
Dabdabali interyer uchun juda ko‘p miqdorda oltin va billur ishlatilgan.
Foto: Travel Ask
Deyarli barcha xonalarda monarxning portretlari joylashtirilgan.
Foto: Travel Ask
Lyudovikning haykali xudolar va nimfalar bilan birga dahlizning ichki qismiga juda mos tushgan.
Foto: Travel Ask
Xerrenkimzeye saroyida podshohning kechki ovqati uchun g‘ayrioddiy ko‘chma stol bo‘lgan, u pastki qavatda joylashgan bo‘lib, lift bilan oliy martabali xonalarga ko‘tarilgan.
Foto: Travel Ask
Zinapoya yuqorisida kunduzi yorug‘lik tushadigan shisha tom bor.
Foto: Travel Ask
Foto: Travel Ask
Xonalardan biriga sayyoralar va turli xil samoviy tasvirlar tushirilgan astronomik soat o‘rnatilgan. Ularni soatsoz Karl Shveysar yasagan.
Foto: Travel Ask
Foto: Travel Ask
Mazkur qasr Lyudvig II ning sirli o‘limidan bir muncha vaqt o‘tgach, jamoat tashriflari uchun ochilgan.
Foto: Travel Ask
Mavzuga doir:
- Foto: Fors ko‘rfazining marvaridi — Dubayga sayohat
- Mukammal ta’til va estetik zavq: Dubaydagi Caesars Palace kurortiga sayohat (foto)
- Vyetnam mahalliy aholisining odatiy turmush tarzidan hikoya qiluvchi suratlar
- Uch metrlik qandil va ferma uslubi: Eshton Kutcher va Mila Kunisning uyi qanday ko‘rinishga ega? (foto)