Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Toshkentga kelgan turkiyalik hamkasbi Serdar O‘rtachni mehmon qildi.

Yigitali Mamajonov va Muqaddas Sa’dullayeva folloverlariga Sharm ash-Shayxni ko‘rsatishda davom etmoqda.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva “O‘zim” loyihasiga intervyu berdi. Intervyu chog‘ida xonanda erining kasbiga bo‘lgan munosabati haqida so‘zlab berdi.

Taniqli aktrisa Lola Eltoyeva folloverlarini hayotga jiddiy qaramaslikka chaqirmoqda.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva esa birovlarning fikriga qarab ish tutmaslik kerakligini uqtirmoqda.

Foto: Instagram

Rejissor Zebo Navro‘zova o‘g‘li Shohruxxonning “Bo‘rilar” filmi muvaffaqiyatidan keyin yulduzlik kasaliga chalingani haqida so‘zlab berdi.

Durdona Qurbonova “Pahmoq kelin” serialining navbatdagi faslida suratga tusha boshladi.

Foto: Instagram

Aziza Yoqubova turmush o‘rtog‘ining xiyonati aks etgan videoni internetda tarqatganidan afsuslanmasligini bildirdi.

“Mendirman Jaloliddin” serialida bosh rolni ijro etgan turk aktyori Emre Kiviljim muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Sitora Farmonovaning onasi Zamira Farmonova qizining “Baykonur” filmida suratga tushayotganida yiqilib, og‘ir jarohat olgani hamda bir o‘limdan qolgani haqida so‘zlab berdi.

Aktrisa Shahlo Temirova yangi suratlari orqali farzand kutayotgani haqida xabar berdi.

Foto: Instagram

Qoraqalpog‘istonlik jurnalistlar Yulduz Usmonovani sudga bergani aytilmoqda. Bunga O‘zbekiston xalq artistining “Qoraqalpog‘iston O‘zbekistonning choponi ichidagi mamlakat” degan gapi sabab bo‘lgan.