Buxoro viloyati Jondon tumanida mast erkak yashash xonadonida vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 7-iyun kuni soat 15:10 larda Jondor tuman IIB navbatchilik qismiga “Oqtepa” MFYda yashovchi 45 yoshli Sh.R. yashash uyida vafot etganligi haqidagi xabar kelib tushgan.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida marhum Sh.R.ning turmush o‘rtog‘i L.B. uning mast holatda uyda ekanligini ko‘rib, janjallashmaslik uchun temir karavotga uning oyoq, qo‘l va bo‘yin qismidan ip bilan bog‘lagan.

Uyida qarovsiz holda qolgan Sh.R. temir karavotdan turishga harakatlangan vaqtida bo‘yin qismining siqilishi oqibatida vafot etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan avval Samarqandda yigit 50 yoshli tanishini mix bilan o‘ldirgani, Farg‘onada tanishini 21 marta pichoq urib o‘ldirgan erkak 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgani hamda Sirdaryoda erkak uy-joy talashib xolasi va uning farzandini o‘ldirib, yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi.