O‘zbekistonda 9-iyun kuni jami 44 440 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 19 971 nafari birinchi bosqichda, 17 658 nafar fuqaro ikkinchi bosqichda hamda 6811 nafar fuqaro esa uchinchi bosqichda emlangan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 2 477 974 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 25 437 dozasi uchinchi va 920 856 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 531 681 kishini tashkil etmoqda.

9-iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni

  • Andijon viloyati (5968 doza),
  • Namangan viloyati (5041 doza),
  • Farg‘ona viloyati (4163 doza) band qildi.

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni

  • Farg‘ona viloyatida 298 743 doza,
  • Namangan viloyatida 290 941 doza,
  • Andijon viloyatida 288 820 doza,
  • Samarqand viloyatida 230 825 dozani tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1-apreldan boshlandi. 23-maydan o‘zbek—xitoy vaksinasi bilan emlanganlarga 3-dozani qo‘llash boshlandi.