Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov 16—17-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar berdi “Podrobno.uz” Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga tayanib.

Foto: “Podrobno.uz”

Delegatsiya tarkibida Tataristonning 25 dan ortiq turli xil kompaniyalari vakillari, jumladan, “KamAZ”, “Tatneft”, “PO ElAZ”, “KMPO”, “Qozon vertolyot zavodi”, “Sollers Ford”, “KER-Holding” va boshqalar kiradi.

Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, unda respublikalar o‘rtasida turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Tataristonning sanoat salohiyati ko‘rgazmasi, Tatariston—O‘zbekiston biznes forumi, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan tatar diasporasi bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Bundan avval Qatar amiri Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgandi.