10-iyun kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan suratlarni namoyish etamiz.

Kanadaning Toronto shahrida qisman quyosh tutilishi kuzatildi. 10-iyun kuni Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoning shimoliy qismida yashovchilar quyosh tutilishiga guvoh bo‘ldi.

Foto: PA

Tojikiston davlat rahbari Emomali Rahmon mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni “Qasri Millat” qarorgohida rasmiy kutib olish uchun tushib kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Quyosh chiqish vaqti Germaniyaning Bremen shahridagi daryo qirg‘og‘ida turgan chag‘alay.

Foto: Getty Images

O‘zbekistonning Samarqand viloyati va Tojikistonning Xatlon viloyatida barpo etilgan ijtimoiy obyektlarning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng suhbatlashib turgan davlat rahbarlari. Eslatib o‘tamiz, 10-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 kunlik rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ziyo Abay ismli erkak marhum xotini xotirasiga bag‘ishlab Keban-Dam ko‘lidagi orolga minglab daraxt ekdi.

Foto: Getty Images

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi “Jar” mahallasida yashovchi 14 yoshli Muhammadsodiq Abduhalilov uyida tashkil etilgan ustaxonada mini traktorlar tayyorlamoqda. U otasi bilan hozirgacha 9 ta traktorni tayyorlab, 8 tasini sotishga ham ulgurdi. Traktorlarning narxi ot kuchiga qarab 17 milliondan 20 million so‘mgacha. 15, 20 va 25 ot kuchiga ega traktorlar 6 xil funksiya, jumladan, yer ag‘darish, chopiq va haydov kabi qishloq xo‘jaligi yumushlarini bajara oladi.

Foto: “Daryo” / Rustamxon Temirov

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasidagi muzokaralar 16-iyun kuni Jenevadagi La Grange villasida bo‘lib o‘tadi.

Foto: EPA

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Kornuol grafligidagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.

Foto: PA

Avstraliyaning Viktoriya shtatida kuchli yomg‘ir tufayli toshqin sodir bo‘ldi.

Foto: EPA

Arizona shtatining Yuma shahridagi AQSh—Meksika chegarasi ostidan o‘tayotgan gaitilik muhojir.

Foto: “TASS”

Avstraliyadagi Reptiliyalar bog‘ida bir-biriga suyanib o‘tirgan koalalar.

Foto: “TASS”

Nyu-Yorkda Tribeca–2021 kino festivali premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA

Bogotada hukumatga qarshi namoyishlar davom etyapti. Namoyishlarga prezidentning davlat xizmatlari, yoqilg‘i, ish haqi va pensiyalarga solinadigan soliqlarni oshirish taklifi sabab bo‘lgan.

Foto: AP Photo

Qirollik dengiz floti kemasi Kornuolda bo‘lib o‘tadigan G7 yig‘ilishi oldidan Sent-Ivz qirg‘og‘ida patrullik qilmoqda.

Foto: The Guardian

Manila shahridagi Santo Tomas universitetida oflayn darslar qayta boshlangandan keyin tibbiyot talabalari o‘quv manekeni ustida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Foto: AP Photo

Meksikaning Puebla shahridan 20 kilometr shimoliy–g‘arbda paydo bo‘lgan diametri 110 metrlik ulkan chuqurlik.

Foto: Getty Images

Psixolog G‘azo shahridagi ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash kunlari doirasida falastinlik qiz Suzi Eshkuntana bilan o‘ynamoqda. Eshkuntana Isroil havo hujumi oqibatida vayron bo‘lgan uyi xarobalari ostidan olib chiqilgan. Olti yoshli qiz o‘sha kuni onasi va to‘rt aka-singillaridan ayrilgan.

Foto: Reuters

Amerikalik dizayner L’Ren Skottning kiyimlari Christie’s onlayn-auksioniga qo‘yilishidan avval namoyish etildi.

Foto: PA

Yahudiylar Quddusning Eski shahar hududidagi musulmonlar mahallasi bo‘ylab marsh uyushtirdi.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyadagi Estuary 2021 festivali paytida Nadav Kanderning “Oxiri — bu boshida” deb nomlangan installyatsiyasi oldida o‘tirib, tushlik qilayotgan 3 yoshli bola.

Foto: Reuters

Xitoydagi Namso ko‘lining qirg‘og‘ida to‘y fotosessiyasi uchun suratga tushayotgan ayol.

Foto: Getty Images

G’azodagi Isroil havo hujumi oqibatida vayron bo‘lgan uyning xarobalari orasida telefondan foydalanib o‘tirgan falastinlik.

Foto: Reuters

71 yoshli Basanti ismli ayol Pokistonning Karachi shahridagi emlash markazida koronavirusga qarshi vaksina olmoqda.

Foto: Reuters

Isroil shimolidagi Xayfa qirg‘og‘i yaqinidagi Leviatan dengiz floti suvosti kemasi yonidan sakrab o‘tayotgan delfin.

Foto: Reuters