12-iyun kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II “Katta yettilik” (G7) sammiti doirasida Kornuoll grafligida tortni tantanalarga mo‘ljallangan qilichda kesayotgani videoga tushib qoldi. Video Reuters agentligining YouTube’dagi kanalida e’lon qilingan.

Foto: Getty Images

Daily Mail’ning yozishicha, qilichni unga Kornuoll lord-leytenanti Edvard Bolito olib kelgan. Adyutant tortni kesish uchun pichoq borligini aytganida qirolicha unga “Borligini bilaman, lekin shunday kesish noodatiy”, — deya javob qaytargan. Tortni tantanali kesish marosimida, shuningdek, qirolicha Yelizaveta II ning kelini Kamilla Parker-Boulz va nabirasining rafiqasi Keyt Middlton ham qatnashgan.

Eslatib o‘tamiz, 10-iyun kuni Yelizaveta II marhum turmush o‘rtog‘i shahzoda Filippning 100 yilligi munosabati bilan yangi turdagi atirgul navini ekkan edi. Uni Yelizaveta II ga Qirollik bog‘dorchilik jamiyati sovg‘a qilgan. Gulga shahzoda Filippning sharafiga “Edinburg gersogi atirguli” nomi berilgan.