Markaziy bank 16-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 616,02 so‘mni tashkil qildi. Yevro 19,12 so‘mga ko‘tarilib, 12 870,86 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 11,96 so‘mga ko‘tarilib, 10 609 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga oltinchi kun ko‘tarildi.

O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa 15-iyun kuni dollar kursi 10 660 so‘mga qadar oshdi.