Rossiya prezidenti mamlakat hududida noqonuniy bo‘lib turgan mehnat migrantlariga 2021-yilning 30-sentabriga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat beruvchi tegishli farmonni imzoladi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

2021-yil sentabr oyining oxiriga qadar chet elliklarga nisbatan ma’muriy ravishda chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, vaqtincha qolish muddatini qisqartirish, qochqinlik maqomidan mahrum qilish, vaqtinchalik boshpana berish, ilgari berilgan vizalarni bekor qilish, ishlashga ruxsatnoma va patent berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinmaydi.

Shunday qilib, o‘tgan yilning 15-martiga qadar Rossiyaga kelgan va 2021-yil 16-iyundan boshlab mamlakatda bo‘lish uchun qonuniy asoslarga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organlariga 30-sentabrga qadar murojaat qilishlari shart.

Hujjat bilan, shuningdek, chet elliklarga agar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar muddati 14-martdan keyin tugagan bo‘lsa, ular asosida o‘z vataniga chiqib ketishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, aprel o‘rtalarida Rossiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi O‘zbekiston hamda boshqa MDH davlatlaridan kelgan noqonuniy migrantlardan 15-iyunga qadar mamlakatni tark etishni talab qilgan.