16:47, 16.06.2021 // 25593

Tomoshabinni yig‘latadigan sujetga ega 10 film (foto)

Quyidagi filmlarni tomosha qilish davomida tomoshabinlar ko‘z yoshlarini tiya olmasliklari aniq.

“To seni topgunimcha” (Buyuk Britaniya, 2016)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Tea Sherrok

Bosh rollarda: Emiliya Klark va Sem Klaflin

Sujet: Ishini yo‘qotgan Luiza ismli qiz avtohalokatdan keyin falaj bo‘lib qolgan Uill ismli yigitga qarovchi bo‘lib ishga kiradi. Halokatdan keyin yigitning nafaqat jismoniy imkoniyati cheklanadi, balki yashashdan maqsadi ham qolmaydi. Ammo hayotiga qiz kirib kelganidan keyin u o‘zgaradi. Jojo Moyesning kitobi asosida suratga olingan filmda yigit va qizning ilk uchrashuvi, Uillning Luizaga qilgan noodatiy sovg‘asi hamda qizga bo‘lgan tuyg‘ularini tan olish sahnalari tomoshabinni ekran qarshisiga mixlab qo‘yadi.

“Xotira kundaligi” (AQSh, 2004)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Nik Kassavetis

Bosh rollarda: Rayan Gosling va Reychel Makadams

Sujet: Qariyalar uyida yashaydigan keksa kishi oddiy yigit va boy oila qizining sevgisi haqida kundalikdagi xotiralarini o‘qib beradi. Yigitning qizga yuborgan maktublarini qizning onasi berkitib qo‘ygan bo‘ladi. Yillar o‘tib sevishganlar ko‘rishganida qiz boshqa bir inson bilan unashtirilgan bo‘ladi. Qiz o‘zida Alsgeymer kasalligi rivojlanayotganini bilganidan keyin barchasini qog‘ozga tushirgan bo‘ladi, Noy esa har kuni kundalikdan unga xotiralarini o‘qib beradi.

“P.S. Men seni sevaman” (AQSh, 2007)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Richard LaGravenes

Asosiy rollarda: Hilari Suonk va Jerard Batler

Sujet: Jerri va Holli bir-birini jonidan ortiq yaxshi ko‘radi. Jerri miya saratonidan vafot etadi, Holli esa hayotining mazmunini yo‘qotadi. Hammasi Jerridan maktub kela boshlaganidan keyin o‘zgaradi. O‘lishiga oz qolganini bilganidan keyin Jerri sevgilisiga taskin bo‘lishi uchun 7 ta maktub yozib qoldirgan bo‘ladi.

“Ikki yuz yoshli odam” (Germaniya, 1999)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Kris Kolambus

Bosh rollarda: Robin UIlyams va Embet Devis

Sujet: Martinlar oilasi uy roboti Endryuni sotib oladi. U nafaqat yordamchi, balki oila a’zosiga ham aylanib qoladi. Ayniqsa, kenja qiz Amanda unga bog‘lanib qoladi, qizig‘i, robotda ham javoban tuyg‘ular paydo bo‘ladi. Endryu robotga odam qiyofasini yaratishga yordam beradigan muhandisni uchratadi.

“Vinopazlarning qoidalari” (AQSh, 1999)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Lasse Hallstryom

Bosh rollarda: Tobi Maguayr va Sharliz Teron

Sujet: Bolalar uyida o‘sgan va haqiqiy ota-onasi kimligi haqida bilmagan Gomer ismli yigitchaning hayoti Kendi ismli qiz va uning sevgilisi Uollini uchratganidan keyin o‘zgaradi. Uolli frontga ketganida qiz va Gomer o‘rtasida munosabatlar paydo bo‘ladi. Frontdan falaj bo‘lib qaytgan Uollini ko‘rganidan keyin Kendi Gomerni tark etishga qaror qiladi.

“Qaychiqo‘l Edvard” (AQSh, 1990)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Tim Berton

Asosiy rollarda: Jonni Depp va Vaynona Rayder

Sujet: Keksa yoshli olim sun’iy odamni yaratadi va uni o‘z o‘g‘lidek yaxshi ko‘rib qoladi. Ammo, afsuski, u ishini oxiriga yetkazmasdan olamdan ko‘z yumadi. Baxtsiz Edvard atrofdagilarning ko‘ziga tashlanmaslik uchun Boggs xonim topib olmaguniga qadar qasrda yashirinib yuradi. Qo‘llarini ko‘rib, qo‘rquvga tushgan shahar aholisini Edvardning qalbi tozaligi qiziqtirmaydi. Edvard va Boggs xonimning qizi Kim bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi.

“Meni esla” (AQSh, 2010)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Allen Kulter

Bosh rollarda: Robert Pattinson va Emili de Revin

Sujet: Akasini yo‘qotganini hazm qila olmagan Taylerning hamma, hatto otasi bilan ham munosabatlari yomonlashadi. Do‘sti Eydan va singlisi Kerolayndan boshqa yaqinlari bo‘lmaydi. Oqshomda aralashib qolgan janjalning ketidan bir qiz bilan tanishadi. O‘ch olish uchun qilgan harakatlari chinakamiga sevib qolish bilan yakunlanadi.

“Marli va men” (AQSh, 2009)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Devid Frenkel

Bosh rollarda: Jennifer Eniston va Ouen Uilson

Sujet: Film jurnalist Jon Groganning romani asosida suratga olingan. Jon va Jenni to‘yidan keyin it asrab olishga qaror qiladi. Zararkunanda va quloqsiz uy hayvoni juftlikka oila a’zosi singari yaqin bo‘lib ketadi. Vaqti-soati kelib qarilikdan vafot etayotgan it bilan ayrilish oson bo‘lmaydi.

“Ruh” (AQSh, 1990)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Jerri Suker

Bosh rollarda: Demi Mur va Patrik Sueyzi

Sujet: Sevishganlar Sem va Molli birgalikda juda ham baxtli bo‘ladi, yangi uyga ko‘chib o‘tadi. Uyiga tushgan o‘g‘rilardan Mollini himoya qilaman deb yigit vafot etadi. Hammasi shundan keyin boshlanadi. Sem va Mollining xayrlashuv sahnasi va “Unchained Melody” qo‘shig‘iga raqs tushishi tomoshabinlar ko‘ziga yosh kelishiga sababchi bo‘ladi.

“Hayot qadri” (AQSh, 2002)

Foto: Woman’s Day.ru

Rejissor: Adam Shenkman

Bosh rollarda: Sheyn Uest va Mendi Mur

Sujet: Maktabning eng oldi yigiti Lendon maktab spektaklida rol ijro qilish sabab a’lochi, ammo odmi qiz Jeymi bilan tanishadi va uni yoqtirib qoladi. Qiz o‘zining leykemiya ekanini aytishiga qaramay, yigit unga turmush qurishni taklif qiladi. Juftlik qizning ota-onasi bir vaqtlar turmush qurgan cherkovda oila quradi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv