Toshkentda bedarak yo‘qolgan Umar ibn Roziyallohu Usmon o‘g‘li qidirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 2008-yilda tug‘ilgan ushbu bola 3-iyun kuni soat taxminan 21:30 larda Chilonzor tumani 19-mavzeda joylashgan yashash joyidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanib ketib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 santimetr, ozg‘indan kelgan, yuzi biroz cho‘zinchoq, ko‘zlari qora dumaloq, sochlari qora. Alohida belgilari: yuzining chap sohasida xoli bor, chap qoshining pastki qismida chandig‘i bor.

Egnida oq rangli futbolka, qora rangli shorti va oyog‘ida oq rangli shippak bo‘lgan.

“Hurmatli fuqarolar! Agar siz O‘rmonov Umar haqida biror-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, — deyildi IIBB xabarida.