18:32, 17.06.2021 // 28171

Kanye Uestning Irina Sheyk ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘lgan uyi qanday ko‘rinishda? (foto)

2020-yilning iyunida Irina Sheyk va Kanye Uest Moviy qirg‘oqda dam olib, reperning 44 yoshga to‘lganini nishonlagan. Bir-biri bilan uchrashishni boshlagan juftlikning munosabatlari jiddiy bo‘ladigan bo‘lsa, Kanyega yaqin bo‘lish uchun Irinaning Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Glamour

Ma’lumotlarga qaraganda, reper Kim bilan ajrashganidan keyin 2,2 million dollar turadigan ranchoga ko‘chib o‘tgan.

Foto: Glamour

Rancho hududida oltita yotoqxona va yettita vanna xonani o‘z ichiga oladigan ikkita mehmonlar uchun mo‘ljallangan uyni uchratish mumkin.

Foto: Glamour

Foto: Glamour

Shuningdek, otxona, ustaxona va hovuz yoki tokzor uchun yer hududi mavjud. An’anaviy kantri usulidagi interyer bilan bezatilgan. Rancho Kim bolalari bilan yashaydigan Xidden-Xillzdagi uydan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan.

Foto: Glamour

Foto: Glamour

Foto: Glamour

Foto: Glamour

Foto: Glamour

Eslatib o‘tamiz, 6 yil birga yashagan juftlikning 2020-yil oxirida ayrilishiga reperning Kim birinchi homiladorligida abort qilmoqchi bo‘lganini aytgani sabab bo‘lgan. Kanyening emotsional tvitidan keyin Kim uni psixik kasallikdan aziyat chekishini e’lon qilgan. Juftlikning to‘rt nafar: 7 yoshli Nort, 5 yoshli Seynt, 3 yoshli Chikago hamda 2 yoshli Psalm ismli farzandlari bor.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv