O‘zbekiston 2021-yilda birinchi marta oltin eksport qildi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib Spot.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, may oyida mamlakat 1,2 milliard dollarlik oltin sotgan. Buning natijasida ham import, ham tashqi savdo umumiy hajmi oshgan.

2020-yil birinchi yarmida O‘zbekiston oltinni faol ravishda sotdi. Ushbu davrda oltin qimmatlashib, bir unsiya uchun 2000 AQSh dollariga yetdi. Sentabr oyida oltin narxi pasayib, eksport qilish to‘xtatildi.

Aksar mamlakatlarda oltin qazib oluvchilar uni o‘zlari eksport qiladi, ammo O‘zbekistonda yagona sotuvchi bu Markaziy bank hisoblanadi. U oltinni ishlab chiqaruvchilardan sotib oladi (masalan, Navoiy kon metallurgiya kombinati) va boshqa mamlakatlarga (asosan, Shveysariyaga) eksport qiladi.

Aprel oyida Markaziy bank mutasaddilari narxlar ko‘tarilganda yana oltin eksport qilishni boshlashi haqida ma’lum qilgandi. May oyida oltin unsiyasi 1900 dollarga ko‘tarilishi bilan O‘zbekiston uni sotishni boshladi. Iyun oyida uning narxi yana tusha boshladi.

2021-yilning may oyida O‘zbekiston zaxirasidagi oltin 0,4 million troya unsiyasiga (taxminan, 12,4 tonnaga) kamaygani haqida xabar berilgandi. Shunga qaramay, oltin zaxirasi birinchi marta 35 milliard dollardan oshdi.