Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Nilufar Usmonova onasining “Bevafo” qo‘shig‘ini tojik tilida kuyladi.

Gulsanam Mamazoitova Samarqandda hamkasbi Zohirshoh Jo‘rayev bilan uchrashib qoldi.

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova Olmaotaga, Avaz Oxun esa Moskvaga uchib ketdi.

Ra’no Shodiyeva o‘z sahifasiga turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Yorqinxo‘ja Umarov o‘zi uylanadigan qizga qanday talablar qo‘yishi haqida so‘zlab berdi.

“Omon-omon” ko‘rsatuvida chiqish qilgan aktrisa Tamara Hazratqulova turli jonivorlarning ovozini o‘xshata olish qobiliyati bilan barchani lol qoldirdi.

Turk aktyori Emre Kiviljim o‘z sahifasiga Yulduz Rajabova bilan Jaloliddin va Qutlibeka obrazida tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda katta dabdaba bilan o‘tkazilgan to‘y videosi tarqalmoqda. Yulduz Turdiyeva va raqqosa Iroda Ismoilovaning “Tavois” raqs ansamli xizmatda bo‘lgan ushbu to‘yda kelin-kuyovning ustidan ko‘p miqdorda pul sochilayotganini ko‘rish mumkin.

Shahzod Sultonov, Jahongir Xo‘jayev, Feruza Normatova va bloger Xonzoda birgalikda Bodrumda dam olmoqda.

Foto: Instagram

Aktrisa Ilmira Rahimjonova “Charxpalak” teleserialining davomida nima uchun suratga tushmaganiga izoh berdi.

Rayhon esa bu safar hordiq chiqarish uchun Chorvoqni tanladi.

Foto: Instagram

Xonandalar Dilso‘z va Umidaxon qiz farzandli bo‘lgan Nigorani yo‘qlab bordi.

O‘zbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov va Yulduz Usmonova Toshkent xalqaro aeroportida ko‘rishib qoldi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva o‘zini “Janob K” deb atovchi sirli oshig‘idan navbatdagi hadyani qabul qildi.

Mavluda Asalxo‘jayeva va Dilnoza Kubayeva to‘yda uchrashib qoldi hamda maza qilib birgalikda raqsga tushdi.